14 fev 14:03
Yangiliklar
Futbol

Deku: "Barselona" hech qachon Arauxoni sotishni xohlamagan"
"Barselona" sport direktori Dekuning aytishicha, "ko'k-anorranglilar" himoyachi Ronald Arauxoni sotish haqida o'ylamagan.
"Biz hech qachon Ronald Arauxoni sotishni xohlamaganmiz. U bu erda baxtli. Agar kelajakda biror sababga ko'ra o'zgarishlarga ehtiyoj tug'ilsa, u har doim bu haqda bizga xabar berishga tayyor. Menimcha, u buni xohlamaydi, aks holda u shartnomani uzaytirmagan bo'lardi", – dedi Deku.
Eslatib o'tamiz, Arauxo 2020 yilning oktyabridan beri "Barselona"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 8 o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi hamda 2 marta sariq kartochka oldi. Transfermarkt 25 yoshli urugvaylik futbolchini 55 mln evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar