06 sen 16:31
Yangiliklar
SHaxmat
Delida ilk oltin medal qo'lga kiritildi
Hindistonning Deli shahrida 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida G'arbiy Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Dunyo birinchiligida 11 nafar hamyurtimiz ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Xalqaro SHaxmat akademiyasi matbuot xizmatining malumotiga ko'ra, FIDE toifasidagi sport ustasi, Xalqaro shaxmat akademiyasi tinglovchisi Muhammadali Abdurahmonov rapid yo'nalishi bo'yicha bahslarda oltin medalni qo'lga kiritgan.
Xalqaro grossmeyster Marat Jumaev murabbiyligida musobaqaga tayyorgarlik ko'rgan hamyurtimiz 7 turdan iborat bahslarda 5,5 ochko jamg'arib, 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar orasida mutlaq g'olib bo'ldi. Jahon chempionati 11 sentyabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar