14 iyu 10:19
Yangiliklar
Futbol

Dembele “Bavariya”ga o'tmaydi
“Barselona”ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele “Bavariya”ga o'tmaydi, deya xabar bermoqda Bild.
Nashr xabariga ko'ra, futbolchi ko'k-anorranglilar tarkibida qolishni istayapti. Qolaversa, kataloniyaliklar rahbariyati ham futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida.
Dembele 2017 yilning avgustida 125 million evro evaziga “Borussiya”dan “Barselona”ga kelib qo'shilgandi. SHu vaqt oralig'ida u “Barsa” tarkibida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 22 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar