03 may 12:49
Yangiliklar
Tennis
Denis Istomin CHexiyada kortga chiqdi
3-9 may kunlari CHexiyaning Praga shahrida mukofot jamg'armasi 44,820 evroni tashkil etuvchi CHelenjer turkumidagi turnir bo'lib o'tadi.
Musobaqada mamlakatimizning 1-raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etmoqda.
Istomin turnirning saralash bosqichida kanadalik Piter Polanskiga qarshi kortga chiqdi. 1 soatu 24 daqiqa davom etgan o'yinda Denis raqibini 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun bo'lib o'tadigan saralashning keyingi bosqichida Istominga ukrainalik Sergey Staxovskiy raqiblik qiladi. Malumot uchun, jahon reytingida Denis 204, Sergey esa 213-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar