11 fev 18:16
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin Franciya turniridagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Franciyaning SHerbur shahrida mukofot jamg'armasi 88,520 evroni tashkil qilgan CHellenjer turkumiga kiruvchi "Cherbourg Challenger 100" turniri davom etmoqda.
Hozirgina mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ishtirokidagi o'yin yakunlandi. Hamyurtimiz turnirning ikkinchi davrasida belgiyalik Ruben Bemelmansga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, 1 soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda Istomin ATP reytingida 232-o'rinni egallab turgan raqibiga 4/6, 6/7 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar