24 mar 07:40
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin Mayami “Masters”ida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi.
Hamyurtimiz musobaqaning asosiy to'r bahslari ilk davrasida rossiyalik Andrey Kuznecovga qarshi kortga chiqdi. Istomin dunyo reytingida 70-o'rinni egallab turibdi. 28 yoshli Kuznecov esa 68-pog'onadan joy olgan.
Tennischilar bugungacha o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishgan va ularning har ikkisida ham Istominning qo'li baland kelgandi. Afsuski, uchinchi uchrashuvda rossiyalik tennischi g'alaba qozondi.
Ikki set davom etgan bahsda Istomin raqibiga 4:6, 6:7, tay-brekda 0:7 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar