20 apr 17:49
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/215696_220.jpg)
Denis Istomin Meksika turnirini g'alaba bilan boshladi
SHu kunlarda Meksikaning Aguaskalentes shahrida "CHellenjer" tasnifiga kiruvchi turnir bo'lib o'tyapti.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etmoqda.
Istomin turnirning 1/16 bosqichi doirasida shveycariyalik Antuan Belega qarshi kortga chiqdi. 2 soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda Denis raqibini 7/6, 5/7, 6/3 hisobida mag'lub etib, musobaqaning 1/8 final bosqichiga yo'l oldi.
Istominning keyingi bosqichdagi raqibi italiyalik Federiko Gayo bo'ladi.
Malumot uchun, ayni vaqtda Istomin ATR reytingida 286, Gayo esa 185-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar