17 jan 16:38
Yangiliklar

Denis Istominning Australian Open'dagi ko'rsatkichlari qanday?
Unda hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etmoqda. Denis birinchi bosqichda xorvatiyalik tennischi Ivan Dodigga qarshi kortga chiqdi va g'alaba qozondi. Ikkinchi bosqichda unga musobaqaning amaldagi g'olibi - serbiyalik Novak Jokovich raqiblik qiladi.
Biz ushbu o'yin oldidan Istominning Avstraliyadagi "Ulkan Toj"da qayd etgan natijalariga nazar tashlaymiz.
Istomin bungacha 10 marotaba ushbu musobaqada ishtirok etgan. Ilk marotaba 2006 yilda turnirda qatnashgan Denis musobaqani ilk bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'lgan.
Turnirdagi eng yaxshi natijasini esa 2010 hamda 2014 yillarda qayd etgan. O'shanda u Australian Open'ning uchinchi bosqichigacha borishga muvaffaq bo'lgandi.
Yil - qaysi bosqichda tugatgan
2006 - 1
2008 - 2
2009 - 2
2010 - 3
2011 - 1
2012 - 1
2013 - 2
2014 - 3
2015 - 1
2016 - 1
2017...
Bu yil Istomin qanday natija ko'rsata olarkin? Buni yaqin orada bilib olamiz!
Fikrlar