23 jan 14:27
Yangiliklar
Denis Istominning Avstraliyadagi sarguzashtlari yakuniga etdi FOTOGALEREYA

Denis o'yin oldidan albatta favorit sifatida etirof etilmagandi...

Biroq, u o'ziga bo'lgan yuqori ishonch bilan bahsni boshladi va birinchi setni yutib oldi!

Lekin, bolgariyalik Dimitrov ham anoyilardan emas. U ikkinchi setdagi tay-brekda muvozanatni tikladi.

Mana shunday muxlisalarning qo'llab-quvvatlashlari ostida Grigor vaziyatni o'nglay oldi.

Istomin ham bor imkoniyatini ishga soldi...

Lekin... Unga kutilmagan jarohat pand bera boshladi

Denis o'yin vaqtida "Medical time" olishga majbur bo'ldi.

Afsuski, tennischimiz jarohatidan so'ng ikkita setda bor-yo'g'i uchta geymni yuta oldi va bahsni boy berib qo'ydi - 1:3.

SHu tariqa Denis Istominning "Australian Open"dagi sarguzashtlari o'z yakuniga etdi... Musobaqa davomidagi o'yinlari uchun tennischimizga minnatdorchilik bildirib qolamiz!
Fikrlar