10 noy 13:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Deontey Uaylder: "Ayni paytda superog'ir vazn toifasi og'ir holatda"
Bokschi Deontey Uaylder og'ir vaznni nimalar qutqarib qolishi mumkinligini aytdi.
"Boksning og'ir vazniga nazar tashlar ekanmiz, barcha davrlardagi eng yomon holatida ekanligiga guvohi bo'lamiz. Ushbu divizionda boksga bo'lgan qiziqishni qaytardim. Agar unday bo'lmasa, nega bu vazn juda sust? Nega mensiz bu vazn hech kimga qiziq emas?
2024 yilning yanvariga nimalarnidir reja qilyapmiz. Kelayotgan yil men uchun ajoyib tarzda o'tadi. Mening qaytishim va tojga ega bo'lishim - vaqtning ishi!", - dedi sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder.
Havola :
Manba : Blue Blood Sports TV
Fikrlar