07 mar 10:13
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi: AQSH - O'zbekiston. Istomin boshlab berdi
Bugun AQSH va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi Devis Kubogi doirasidagi uchrashuv boshlandi.
Norasmiy jahon chempionati hisoblangan Davis cup musobaqasining pley-off bosqichidan o'rin olgan ushbu qarama-qarshilikni mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin boshlab berdi.
Afsuski, reytingning 156-pog'onasidan joy olib turgan hamyurtimiz dunyoning 38-raketkasi Rayli Opelkaga qarshi kechgan uchrashuvda 2:6, 5:7 hisobida yutqazib qo'ydi. Uchrashuv 1 soatu 22 daqiqa davom etgan.
SHu kungacha bu ikki tennischi o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan va har ikkalalarida bittadan g'alaba bor edi. Bugun esa Opelka hisobda oldinga chiqib oldi. Birozdan so'ng Sanjar Fayziev va Teylor Fric ishtirokidagi yakkalikning ikkinchi bahsi boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar