06 mar 08:39
Yangiliklar
Tennis
"Devis Kubogi". Bizdan farqli ravishda Qozog'iston kuchli raqibni engdi
Tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis Kubogi"da bir nechta uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Jumladan, Qozog'iston terma jamoasi musobaqaning kvalifikaciya, yani saralashning final uchrashuvida ancha kuchli hisoblangan Norvegiyani mag'lub etishni uddaladi - 3:1.
Musobaqaning ikkinchi kunidan o'rin olgan juftliklar bahsida Andrey Golubev va Aleksandr Nedovesov hamkorligi norvegiyaliklar - Viktor Durasovich va Simen Bratxolmdan 7/6(10), 6/3 hisobida ustun keldi.
Qozog'iston terma jamoasiga muhim ochkoni Aleksandr Bublik taqdim etdi. U dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan Kasper Ruudni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi va turnirning final bosqichiga yo'l oldi - 6/4, 5/7, 6/4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar