01 fev 10:18
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi: Bugun O'zbekiston - Serbiya uchrashuvi boshlanadi
Bugun poytaxtimizda tennis bo'yicha Devis Kubogining pley-off bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi.
Unga ko'ra, bugungi ilk kundan o'rin olgan birinchi uchrashuv Sanjar Fayziev va Dushan Layovich o'rtasida bo'lib o'tadi. Ayni paytda Fayziev dunyo reytingida 424, Layovich esa 39-o'rinni egallab turibdi. Bu bahs soat 13:00da boshlanadi.
SHundan so'ng kortga mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin hamda Serbiyaning ikkinchi raketkasi Filip Krayinovich taklif etiladi. Istomin ATP reytingida 104, uning raqibi esa 72-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar