16 sen 12:12
Yangiliklar
"Devis kubogi". Bugun O'zbekistonda jahon ligasiga chiqish uchun imkoniyat bor
14 sentyabr kuni dastlabki bahslar o'tkazilgan va birinchi kun yakunlariga ko'ra 1:1 hisobi qayd etilgandi. Kecha musobaqada juftlik bahslari bo'lib o'tdi. Unda Denis Istomin va Sanjar Fayziev mezbon tennischilar Jeymi Marrey va Daniel Inglotdan tashkil topgan juftlikka qarshi o'yin o'tkazdi. 2 soat 57 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski hamyurtlarimiz 6:4, 6:7, 2:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydilar. SHu tariqa Buyuk Britaniya - O'zbekiston qarama-qarshiligida hisob 2:1 ko'rinishiga keldi.
Endi bugun yakkalik bahslari doirasida Denis Istomin va Jo'rabek Karimov kortga chiqadi. Denis Istomin Kemeron Norriga qarshi o'yin o'tkazsa, Jo'rabek Karimov Dani Evansga qarshi kurash olib boradi.
Denis Istomin ishtirokidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Denis ushbu bahsni o'z foydasiga hal qilib olsa hisob 2:2 ko'rinishiga keladi. Jo'rabek Karimov ishtirokidagi bahs esa terma jamoamiz taqdiriga oydinlik kiritib beradi.
Fikrlar
Также есть подозрения по поводу Истомина, которого и раньше обвиняли в подставных матчах. В общем, пока не уберете коррупцию, сборная нашей страны так и будет играть в азиатской зоне.