15 sen 09:26
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. Buyuk Britaniya - O'zbekiston. Bugun juftlik bahsi o'tkaziladi
Bugun SHotlandiyaning Glazgo shahrida Devis Kubogi pley-off bahslari doirasidagi Buyuk Britaniya - O'zbekiston uchrashuvi davom ettiriladi.
Devis Kubogi erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadi. Kecha yakkalik bahslarida ikki uchrashuvdan so'ng hisob 1:1 ko'rinishida bo'lib turibdi. Bugun “Emirates Arena”da juftlik uchrashuvi o'tkaziladi.
Denis Istomin va Sanjar Fayziev juftligi Jeymi Marrey hamda Dominik Inglot hamkorligiga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Yulduz tennischi Endi Marrey jarohat sabab ushbu bahslarda ishtirok etmayapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar