14 sen 21:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/45173_220.jpg)
Devis Kubogi. Buyuk Britaniya - O'zbekiston: Istomin boshlab berdi
SHotlandiyaning Glazgo shahrida Devis Kubogi pley-off bahslari doirasidagi Buyuk Britaniya - O'zbekiston uchrashuvi boshlandi.
Devis Kubogi erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadi. Bugun yakkalik bahslarida ikkita uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ulardan biri hozirgina “Emirates Arena”da yakunlandi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin mezbonlarning ikkinchi raqamli tennischisi Dani Evansga qarshi kortga chiqdi va kutilmaganda raqibiga 6:7(4), 6:4, 6:0, 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Istomin dunyo reytingida 60, Evans esa 222-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar