08 apr 19:12
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. Hindiston - O'zbekiston 3:0. Ertangi o'yinlarga hojat qolmadi
Hindistonning Bangalor shahrida tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasidan o'rin olgan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina musobaqaning ikkinchi kunidan o'rin olgan juftliklar bellashuvi yakunlandi. Farruh Do'stov va Sanjar Fayzievdan tashkil topgan juftlik mezbonlar SHriram Balaji hamda Rohan Bopannalarga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, bu uchrashuvda ham tennischilarimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Bir soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda kort egalari 6:2, 6:4, 6:1 hisobida zafar quchishdi.
Kecha musobaqaning birinchi kuni yakkalik bahslari o'tkazilgan va ularning har ikkisida ham hindistonlik tennischilar zafar quchishgandi. SHu tariqa. 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan Hindiston terma jamoasi muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar