17 sen 00:18
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. Istomin pand berdi, Buyuk Britaniya jahon ligasida!
Tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining pley-off bosqichida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 1:3 hisobida yutqazdi.
Musobaqaning so'nggi kuni yakkalikda ikkita uchrashuv o'tkazilishi kerak edi. Lekin hamyurtimiz Sanjar Fayzievning kutilgan mag'lubiyatidan keyin tomonlar o'zaro kelishgan holda so'nggi uchrashuvni o'tkazmaslikka qaror qilishdi.
Denis Istominning kutilmaganda to'rtinchi to'qnashuvda ishtirok etmasligi rejalarni o'zgartirib yubordi. O'zi birinchi uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan tennischimizdan hech bo'lmasa shu bahsda ijobiy natija kutgandik.
Uning o'rnini egallagan Sanjar Fayziev esa deyarli Kameron Norriga qarshilik ko'rsatmadi - 2:6, 2:6, 0:6. Buyuk Britaniya terma jamoasi 3:1 hisobidagi g'alaba evaziga kelasi yili yana jahon ligasida ishtirok etadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar