14 sen 06:27
Yangiliklar
Devis Kubogi. Istominsiz o'tayotgan Livan - O'zbekiston bahsining birinchi kunidan so'ng hisob teng
Farrux Do'stov sardorligidagi tennischilarimiz Juniya shahrida Livan terma jamoasi mehmoni bo'lishyapti. Kecha start olgan bahslarda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ishtirok etmayapti. U ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida o'tayotgan turnirda muvaffaqiyatli qatnashyapti.
Livan - O'zbekiston uchrashuvini Sanjar Fayziev va Hadi Habib boshlab berdi. Bir soatu 32 daqiqa davom etgan ushbu bahsda Sanjar raqibini 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Humoyun Sultonov esa Benjamin Hasanga 6:2, 3:6, 5:7 hisobida yutqazib qo'ydi.
Bugun juftlik hamda ikkita yakkalik bahslarida g'oliblar aniqlanadi. Yakkalikda Benjamin Hassan Sanjar Fayzievga, Hadi Xabib esa Humoyun Sultonovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar