12 apr 11:55
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. Jahon ligasining pley-off bosqichiga qura tashlandi
London shahrida tennis bo'yicha erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining Jahon ligasi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Xalqaro tennis federaciyasi shtab-kvartirasida o'tgan marosimda 16ta terma jamoa pley-offdagi raqiblarini bilib olishdi. Juftliklarda g'alaba qozongan terma jamoalar kelasi mavsum musobaqaning Jahon ligasida qatnashish huquqini qo'lga kiritishadi.
QUR'A NATIJALARI:
Qozog'iston - Argentina
Kolumbiya - Xorvatiya
SHveycariya - Belarus
Gollandiya - CHexiya
Portugaliya - Germaniya
Yaponiya - Braziliya
Vengriya - Rossiya
Kanada - Hindiston
Uchrashuvlar 17-19 sentyabr kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar