05 fev 09:35
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. J.Koreya - O'zbekiston - 1:2. Bugun hal qiluvchi bahslar
Bugun Kimchxon shahrida tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi 1-guruhidan o'rin olgan Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlanadi.
Bugun yakkalikda ikkita uchrashuv o'tkaziladi. Ayni daqiqalarda yurtimizning birinchi raketkasi Denis Istomin mezbonlar vakili Vu Kvon Suga qarshi kortga chiqqan.
Hozircha 3ta set ortda qoldi. Dunyo reytingida 80-o'rinni egallab turgan Istomin ATP reytingida 308-pog'onadan joy olgan raqibini 3:6, 7:6, 6:2 hisobida mag'lub etmoqda.
Ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra terma jamoamiz 2:1 hisobida oldinda bormoqda. Agar Istomin raqibini mag'lub etsa, so'nggi bahs rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi. Bu holatda terma jamoamiz sardori Petr Lebed yosh Temur Ismoilovga imkoniyat berishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar