05 fev 10:27
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. J.Koreya - O'zbekiston - 1:3. Tennischilarimiz keyingi bosqichda!
Bugun Kimchxon shahrida tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi 1-guruhidan o'rin olgan Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlanadi.
Hozirgina bugunga belgilangan yakkalikda ilk uchrashuv o'z yakuniga etdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin mezbonlar vakili Vu Kvon Suni 3:6, 7:6(7:5), 6:2, 7:6(14:12) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 3 soatu 21 daqiqa davom etdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 80, Kvon Su esa 308-pog'onadan joy olgandi. Denisning g'alabasi umumiy hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi. Bu bilan terma jamoamiz muddatidan avval keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar