15 sen 22:18
Yangiliklar
Tennis
"Devis kubogi". Juftlik bahslaridan so'ng hisob 2:1...
"Devis kubogi" doirasida O'zbekiston terma jamoasi Buyuk Britaniyaga qarshi pley-off uchrashuvini o'tkazmoqda.
Kecha dastlabki bahslar o'tkazilgan va birinchi kun yakunlariga ko'ra 1:1 hisobi qayd etilgandi. Bugun juftlik bahslari bo'lib o'tdi.
Unda Denis Istomin va Sanjar Fayziev mezbon tennischilar Jeymi Marrey va Daniel Inglotdan tashkil topgan juftlikka qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 57 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski hamyurtlarimiz 6:4, 6:7, 2:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydilar.
SHu tariqa Britaniya - O'zbekiston qarama-qarshiligida hisob 2:1 ko'rinishiga keldi.
Endi ertaga yakkalik bahslari doirasida Denis Istomin va Jo'rabek Karimov kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar