08 apr 14:00
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. Juftliklar. Bugun Hindistonga qarshi bahs o'tkaziladi
Kecha tennis bo'yicha "Devis Kubogi" boshlandi.
Kecha musobaqaning birinchi kuni o'tkazildi. Ikkita o'yinda vakillarimiz imkoniyatni boy berib qo'ydilar. Bugun juftlik bahslarida tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini sinab ko'radilar.
Farruh Do'stov va Sanjar Fayzievdan tashkil topgan juftlik SHriram Balaji va Rohan Bopannalarga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs soat 17:30 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, kechagi kundan so'ng 2:0 hisobida Hindiston terma jamoasi oldinda bormoqda. Agar juftlik bahslarida bugun imkoniyat boy berilsa, keyingi bosqichga chiqish imkoniyati butunlay yo'qoladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar