14 sen 17:58
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. Livan - O'zbekiston 2:2. Fayziev yutqazib qo'ydi
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash bosqichidagi ishtirokini davom ettirmoqda.
Farrux Do'stov sardorligidagi tennischilarimiz Juniya shahrida Livan terma jamoasi mehmoni bo'lishyapti. Kecha start olgan bahslarda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ishtirok etmayapti. U ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida o'tayotgan turnirda muvaffaqiyatli qatnashyapti.
Afsuski, hozirgina Livan - O'zbekiston uchrashuvida hisob yana tenglashdi. Juftlikdagi g'alabadan so'ng Sanjar Fayziev yakkalikda Benjamin Hassanga 6:2, 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birozdan so'ng hal qiluvchi beshinchi bahsda Humoyun Sultonov Hadi Habibga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar