14 sen 19:56
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. Livan - O'zbekiston 2:3. Karimov jamoamizni keyingi bosqichga olib chiqdi
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash bosqichida qiyin g'alabaga erishdi.
Farrux Do'stov sardorligidagi tennischilarimiz Juniya shahrida Livan terma jamoasi mehmoni bo'lishdi. Kecha start olgan bahslarda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ishtirok etmadi. U ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida o'tayotgan turnirda muvaffaqiyatli qatnashyapti.
Hozirgina Livan - O'zbekiston qarama-qarshiligidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv yakunlandi. Unda istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Hadi Habibni 6:4, 1:6, 6:1 hisobida dog'da qoldirdi va O'zbekiston terma jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar