19 sen 09:33
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. Norvegiya - O'zbekiston uchrashuvida beshinchi bahsga hojat qolmadi
Oslo shahrida tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining jahon guruhi birinchi bosqichidan o'rin olgan Norvegiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Kecha ushbu juftlik doirasida ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi. Avvaliga Denis Istomin / Sanjar Fayziev juftligi Kasper Rud / Viktor Durasovich tandemini 7/6, 6/4 hisoblarida mag'lub etib, hisobni qisqartirgan edi - 2:1.
Afsuski, to'rtinchi hal qiluvchi bahsda tajriba o'z so'zini aytdi. ATP reytingida 567-pog'onadan joy olgan tennischimiz Sanjar Fayziev dunyoning 10-raketkasi bo'lib turgan Kasper Ruudga 3/6, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Bu bilan terma jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv - Humoyun Sultonov va Viktor Durasovich bahsining o'tkazilishiga hojat qolmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar