So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

14 sen 08:58
Yangiliklar

Tennis

Devis Kubogi. O'zbekiston - Buyuk Britaniya: bugun Istomin boshlab beradi FOTO

Bugun SHotlandiyaning Glazgo shahrida Devis Kubogi pley-off bahslari doirasidagi Buyuk Britaniya - O'zbekiston uchrashuvi boshlanadi.

Devis Kubogi erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadi. Bugun yakkalik bahslarida ikkita uchrashuv o'tkaziladi. “Emirates Arena”dagi ilk uchrashuv Denis Istomin ishtirokida kechadi. 

Mamlakatimizning birinchi raketkasi mezbonlarning ikkinchi raqamli tennischisi Dani Evansga qarshi kortga chiqadi. O'tgan hafta yakunida CHikago “CHellenjer” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan Istomin dunyo reytingida 60, uning bugungi raqibi esa 222-o'rinni egallab turibdi. 

Istomin - Evans uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Bu bahs yakuniga etishi bilan ikkinchi yakkalik uchrashuvi start oladi. Unda mezbonlarning birinchi raketkasi Kemeron Norri bizning ikkinchi raqamli tennischimiz Jo'rabek Karimov bilan hisob-kitob qiladi. Norri reytingda 70, Jo'rabek esa 434-o'rinni band etgan. 

SHuningdek, O'zbekiston terma jamoasi tarkibidan Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev va Farrux Do'stov ham joy olgan. Terma jamoa murabbiyi va sardori Petr Lebed.

Buyuk Britaniya terma jamoasi tarkibi esa quyidagicha ko'rinishga ega: Kemeron Norri, Jey Klark, Deniel Evans, Jeymi Marrey, Dominik Inglot. Yulduz tennischi Endi Marrey jarohat sabab ishtirok etmaydi. Terma jamoa sardori - Leon Smit.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
14 sen 11:01:17
Sarvar_Parkentlik
Ötgan xafta sport tvda jonli efir böladi glazgo shaxridan deyiwgandi. Yo bugun futbolni qöyiwarmikn
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing