05 avg 13:40
Yangiliklar
Tennis
Devis kubogi. O'zbekiston - Estoniya o'yini qachon va qaysi arenada o'tkazilishi malum bo'ldi
Avval xabar berganimizdek, tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Devis kubogining II Jahon guruhi doirasida Estoniyaga qarshi o'ynaydi.
Olamsport.com mazkur bellashuv sentyabr oyida Toshkent shahrida o'tkazilishi haqida xabar bergan edi.
Malum bo'lishicha, bellashuvlar 13-14 sentyabr kunlari tashkil etiladi. Musobaqaga Toshkent shahridagi "Saxovat Sport Servis" majmuasi mezbonlik qiladi.
O'yinlar xard kortlarida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tennis terma jamoasi "Devis kubogi"dagi so'nggi o'yinini joriy yilning fevral oyida I Jahon guruhiga saralash doirasida Polshaga qarshi o'tkazib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Estoniya esa o'zining oxirgi o'yinida Eronni 3:1 hisobida mag'lub etib, II Jahon guruhiga yo'l olgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar