18 fev 12:40
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. O'zbekiston - Hindiston. Uchrashuv qaerda bo'lishi malum
Devis Kubogida ishtirok etadigan tennischilarimiz navbatdagi uchrashuvlarini safarda o'tkazadigan bo'ldi.
Tennischilarimiz birinchi bosqichda Janubiy Koreya terma jamoasini mag'lub etishgandi. Endi esa sportchilarimizga hindistonlik tennischilar raqiblik qiladilar.
Ushbu to'qnashuv 7-9 aprel kunlari Hindistonning Bangalor shahrida bo'lib o'tadi. Bahslarda g'alaba qozongan mamlakat vakillari keyingi bosqichda katta ehtimol bilan Qozog'iston terma jamoasiga to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi o'tgan mavsumda pley-off bosqichigacha etib borgan va yakunda SHveycariya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar