02 fev 14:49
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/53405_220.jpg)
Devis Kubogi. O'zbekiston - Serbiya - 2:1. Hisobni qisqartirdik!
Poytaxtimizda tennis bo'yicha Devis Kubogining pley-off bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda.
Hozirgina terma jamoalarning juftliklar o'rtasidagi uchrashuvi yakunlandi. Unda Denis Istomin va Sanjar Fayziev juftligi Nikolay Miloevich hamda Viktor Troicki hamkorligiga qarshi kortga chiqib, 1 soatu 38 daqiqa davom etgan bahs yakunida 2:6, 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Bu bilan O'zbekiston va Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda hisob qisqartirdi. Kecha o'tkazilgan yakkalik bahslaridan so'ng 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan edik. Birozdan so'ng Denis Istomin serbiyalik Dushan Layovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar