31 jan 09:48
Yangiliklar

Devis Kubogi: O'zbekiston - Serbiya! Bugun qura tashlanadi
Bugun soat 12:00da uchrashuvlarga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Kecha har ikki jamoa sardorlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bizdan Farrux Do'stov, mehmonlardan Nenad Zimonjich jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi.
Malumot uchun, dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo'lib turgan Novak Jokovich Toshkentga kelmagan. Serbiyalik tennis yulduzi besh kun avval Melburnda yakunlangan Avstraliya Ochiq chempionatida g'olib bo'lgan edi.
Serbiya terma jamoasi tarkibi: Dushan Layovich, Filipp Krayinovich, Laslo Jere, Nikola Miloevich, Viktor Troicki
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi: Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Sanjar Fayziev, Jo'rabek Karimov
Fikrlar