02 fev 19:50
Yangiliklar
Tennis

"Devis Kubogi". O'zbekiston - Serbiya uchrashuvi yakunlandi
Toshkent shahrida "Devis Kubogi" pley-off bosqichi doirasidagi O'zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.
Bungacha mazkur qarama-qarshilik doirasida to'rtta o'yin o'tkazilgan va hisob 2:2 ko'rinishiga kelgandi. Hozirgina yakunlangan Sanjar Fayziev hamda serbiyalik Filip Krayinovich o'rtasidagi bahs uchrashuv taqdiriga oydinlik kiritib berdi.
Roppa-rosa 2 soat davom etgan o'yinda afsuski Sanjar 6:4, 3:6, 0:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Serbiyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'zbekiston - Serbiya to'qnashuvida o'tkazilgan o'yinlar:
Sanjar Fayziev - Dushan Layovich 6/7, 3/6
Denis Istomin - Filip Krayinovich 2/6, 4/6
Istomin/Fayziev - Miloevich/Troicki 2/6, 6/1, 6/3
Denis Istomin - Dushan Layovich 6/3, 6/4
Sanjar Fayziev - Filip Krayinovich 6/4, 3/6, 0:6.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar