31 jan 16:16
Yangiliklar

Devis Kubogi: O'zbekiston - Serbiya uchrashuviga qura tashlandi FOTO
Unga ko'ra, ertangi ilk kundan o'rin olgan birinchi uchrashuv Sanjar Fayziev va Dushan Layovich o'rtasida kechadi. Ayni paytda Fayziev dunyo reytingida 424, Layovich esa 39-o'rinni egallab turibdi.
SHundan so'ng kortga mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin hamda Serbiyaning ikkinchi raketkasi Filip Krayinovich taklif etiladi. Istomin ATP reytingida 104, uning raqibi esa 72-pog'onadan joy olgan.
Juftliklar bahsida Denis Istomin va Sanjar Fayziev serbiyalik tennischilar - Nikolay Miloevich hamda Viktor Troickiga qarshi kortga chiqadi.
To'rtinchi uchrashuvda Istomin Layovich bilan, so'nggi bahsda esa Fayziev Krayinovich bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Malumot uchun, dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo'lib turgan Novak Jokovich Toshkentga kelmagan. Serbiyalik tennis yulduzi besh kun avval Melburnda yakunlangan Avstraliya Ochiq chempionatida g'olib bo'lgan edi.
Fikrlar