07 apr 11:00
Yangiliklar
Tennis

"Devis Kubogi". O'zbekiston terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi
O'zbekiston erkaklar tennis terma jamoasi Pokistonda "Devis Kubogi" doirasida uchrashuv o'tkazmoqda.
Bungacha ikkita yakkalik bahslari yakuniga ko'ra hisob 1:1 ko'rinishiga kelgani haqida xabar qilgandik.
Bugun to'qnashuv doirasida juftlik bahslari o'tkazildi. Unda Denis Istomin/Jo'rabek Karimov juftligi kortga chiqdi. Bahsda tennischilarimizga Xan/Kureshi juftligi raqiblik qildi. 1 soat 10 daqiqa davom etgan uchrashuvda vakillarimiz 6:2, 6:4 hisobida g'alaba qozondilar.
SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi uchrashuvda 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi.
Endi navbatdagi bahslarda rejaga binoan Denis Istomin Aqil Xanga, Sanjar Fayziev esa Aisam Kureshiga qarshi o'yin o'tkazishi kerak.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar