20 jan 13:04
Yangiliklar
Tennis
"Devis Kubogi". O'zbekiston terma jamoasi kimga qarshi boshlaydi?
Tennis bo'yicha terma jamoalar o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis Kubogi"ni ikkinchi raunddan boshlaymiz.
Terma jamoamiz Osiyo/Okeaniya mintaqasida ikkinchi raqam ostida saralangan. Vakillarimiz 6-7 aprel kunlari o'yin o'tkazadilar. O'sha kuni tennischilarimizga Janubiy Koreya - Pokiston to'qnashuvi g'olibi raqib bo'ladi. Agar terma jamoamiz o'sha kungi bahslarda g'alaba qozonadigan bo'lsa jahon ligasining pley-off bahslariga yo'llanma oladi.
Eslatib o'tamiz, tennischilarimiz so'nggi marotaba 2016 yilda pley-off bahslarida qatnashgandilar. O'shanda O'zbekiston terma jamoasi jahon ligasiga yo'l olish uchun SHveycariya terma jamoasiga to'qnash kelib, Toshkentda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar