10 sen 10:24
Yangiliklar
Devis Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi SHotlandiyaga yo'l olmoqda
Devis Kubogi erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadi. Kecha CHikagodagi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan Denis Istomin endi Glazgoga yo'l oladi.
SHuningdek, O'zbekiston terma jamoasi tarkibidan Jo'rabek Karimov, Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev va Farrux Do'stov joy olgan. Terma jamoa murabbiyi va sardori Petr Lebed.
Buyuk Britaniya terma jamoasi tarkibi esa quyidagicha ko'rinishga ega: Kemeron Norri, Jey Klark, Deniel Evans, Jeymi Marrey, Dominik Inglot. Yulduz tennischi Endi Marrey jarohat sabab ishtirok etmaydi. Terma jamoa sardori - Leon Smit.
Buyuk Britaniya - O'zbekiston uchrashuvi Glazgo shahridagi "Emireyts" arenasida, xard kortlarda o'tkaziladi. Jamoalar shu kungacha o'zaro o'yin o'tkazishmagan.
Fikrlar