So’nggi yangiliklar

12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0

08 may 17:10
Yangiliklar

Tennis

Devis kubogi. O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi raqibi malum bo'ldi. Toshkentda yana tennis bayrami bo'ladi!

Tennis bo'yicha terma jamoalar o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati - Devis kubogining II guruhi taqvimi elon qilindi.

O'zbekiston terma jamoasi Polshaga qarshi mag'lubiyatidan so'ng aynan II guruhga tushib ketgan edi. Endilikda hamyurtlarimizning ushbu guruhdagi o'yini sentyabr oyida Estoniyaga qarshi bo'lib o'tadi.

Ahamiyatlisi, Estoniyaga qarshi o'yinlar Toshkent shahrida o'tkazilishi malum bo'ldi. Hozircha o'yinlarning rasmiy sanasi va aynan qaysi arenada o'tkazilishi bo'yicha xabarlar mavjud emas.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tennis terma jamoasi Devis kubogidagi so'nggi o'yinini joriy yilning fevral oyida I Jahon guruhiga saralash doirasida Polshaga qarshi o'tkazib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Estoniya esa o'zining oxirgi o'yinida Eronni 3:1 hisobida mag'lub etib, II Jahon guruhiga yo'l olgan edi. 

Jamoalar shu kungacha biror marta o'zaro to'qnash kelmaganini takidlash lozim.

Malumot o'rnida, O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda Devis Kubogi reytingida 42-o'rinni egallab turibdi. Estoniya esa ushbu reytingda 57-o'rinda qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing