05 mar 18:46
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. O'zbekiston - Turkiya o'rtasidagi so'ngi bahs taqdiri tay-breklarda hal bo'ldi
Poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari tennis maktabida bo'lib o'tayotgan "Devis Kubogi" 1-jahon guruhi, 1-bosqich doirasida O'zbekiston va Turkiya terma jamoalari o'rtasidagi so'ngi hal qiluvchi bahs yakunlandi.
Terma jamoalar o'rtasidagi oxirgi uchrashuvda Sergey Fomin Jem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. Fomin 1-setni tay-brekda boy berdi. 2-set taqdiri ham tay-brekda hal bo'ldi. Bu safar ham Fomin raqibiga yutqazib qo'ydi. Yakuniy hisob 7/6, (7/2) 7/6 (7/6) Ilkel foydasiga.
O'zbekiston - Turkiya 2:3.
Malumot uchun, Fomin ATR reytingida 821, Ilkel esa 189-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar