So’nggi yangiliklar

12:16МЮ товон пули 100 миллион евролик бўлган 16 ёшли ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда 0 11:55Владимир Путин Петр Ян ва Мурат Гассиевни тақдирлади 0 11:34Бобур Абдулазизов Тошкентдаги Octagon 86 турнирида жанг қилади 0 11:13Никита Цветков Fergana Grand Prix турнири ғолиби! 0 10:52Роналду катта орзуларидан бирига эришиши мумкин 0 10:3145 ёшли Винус Уильямс кетма-кет 10-мағлубиятини қабул қилиб олди 0 10:10Артур Бетербиев P4P рейтингидан чиқарилди 0 09:49Жалоловнинг издоши World Boxing Кубогидаги юришимизни бошлаб берди 0 09:28"Эспаньол" собиқ футболчисига 9 йиллик қамоқ жазоси берилиши мумкин 0 09:07Анкалаев жамоасида икки рақиб ҳақида айтилди 0 08:46ООК ва Ўзбекистон МОҚ раҳбарияти соҳил гандболи баҳсларини томоша қилди 0 08:25Илия Топурия Конор Макгрегор билан жанг шартини айтди 0 08:04Слот келаси мавсум ҳам "Ливерпуль"ни бошқариши мумкин экан 0 07:43Майамида АҚШ ва Ўзбекистон шахмат баҳси ўтказилади 0 07:222026 Oeiras Ladies Open. Кудерметовадан чиройли камбэк! 0

22 jan 12:58
Yangiliklar

Tennis

"Devis Kubogi". O'zbekistonning Bosniya va Gercogovina bilan o'yin uchun tarkibi malum

Teglar :  Devis Kubogi
Xabar berganimizdek, tennis bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi norasmiy Jahon chempionati hisoblanuvchi "Devis Kubogi"dagi navbatdagi o'yinini Bosniya va Gercegovinaga qarshi o'tkazadi.

I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichi doirasida o'tkaziladigan bahsda terma jamoamiz sharafini himoya qiladigan tennischilarimiz nomi aniq bo'ldi. 

Unga ko'ra, mazkur qarama-qarshilikda Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim SHin va Rahimbek Ibrohimov tarkibimizdan o'rin olgan. 

O'yinlar 31 yanvar - 1 fevral kunlari poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortlarida tashkil etiladi. Ilk kungi uchrashuvlar soat 13:00da, 1 fevraldagisi esa 11:00 da boshlanadi.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu qarama-qarshilikda g'alaba qozonish orqali yana I Jahon guruhiga qaytishi mumkin.

Jamoalar shu kungacha o'zaro o'yin o'tkazishmagan. Bosniya va Gercegovina terma jamoasi so'nggi uchrashuvini o'tgan yilning sentyabrida I Jahon guruhi doirasida Xitoy Taypeyiga qarshi o'tkazib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing