28 noy 13:24
Yangiliklar
Tennis
"Devis Kubogi". Rossiya Ekvadorga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Norasmiy jahon chempionati hisoblangan yangi formatdagi "Devis Kubogi"da final bosqich bahslari davom etmoqda.
Kuchli tarkibga ega Rossiya terma jamoasi Ekvadorga qarshi uchrashuvda 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Avvaliga dunyoning beshinchi raketkasi Andrey Rublyov ATP reytingining 291-pog'onasidan joy olgan Roberto Kirosni 6/3, 4/6, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Keyin sayyoramizning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev reytingning 149-pog'onasini band etib turgan Emilio Gomesga ikkita geym sovg'a qildi - 6/0, 6/2. Juftliklar bahsida esa Andrey Rublyov va Aslan Karacev hamkorligi Gonsalo Eskobar va Diego Idalgo tandemini 6/4, 4/6, 6/4 hisobida engdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar