05 fev 13:45
Yangiliklar

Devis Kubogi. Tennischilarimizning keyingi raqibi kim bo'ladi?
Umumiy hisobdagi g'alaba muddatidan avval qo'lga kiritilgani bois yakkalikdagi so'nggi uchrashuv o'tkazilmadi. Ko'pchilikni terma jamoamizning keyingi bosqichdagi raqibi kim bo'lishi qiziqtirishi tabiiy.
Terma jamoamizning bo'lajak raqibi bugun aniqlanadi. Hindiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari o'rtasida o'tkazilayotgan uchrashuvi g'olibi Toshkentda mehmon bo'ladi.
Hozircha uchrashuvda mezbonlar, yani hindistonlik tennischilar 2:1 hisobida oldinda borishyapti. Birozdan so'ng bugunga belgilangan yakkalikdagi dastlabki bahs o'tkaziladi. Unda Ramkumar Ramanatan Fin Terniga qarshi kortga chiqadi.
Agar bu uchrashuvda Ramanatan g'alaba qozonsa, Hindiston terma jamoasi muddatidan avval keyingi bosqich yo'llanmasiga ega bo'ladi. Navbatdagi bosqich bahslari 7-9 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar