05 fev 17:35
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. Terma jamoamizning keyingi raqibi malum
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Kimchxon shahrida tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi 1-guruhidan o'rin olgan bahsda Janubiy Koreya tennischilarini 3:1 hisobida mag'lub etgandi.
Terma jamoamizning bo'lajak raqibi ham malum bo'ldi. Hindiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan uchrashuv ham muddatidan avval nihoyasiga etdi.
Hindistonlik tennischilar 3:1 hisobida zafar quchib, so'nggi bahsga imkon qoldirishmadi. Ramkumar Ramanatan deyarli qiyinchiliksiz Fin Ternini 7:5, 6:1, 6:0 hisobida mag'lub etdi.
Demak, O'zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining navbatdagi bosqichida Hindiston tennischilarini qabul qiladi. Ushbu bahs 7-9 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar