06 dek 08:04
Yangiliklar
"Devis Kubogi"ning 2021 yilgi sohibi malum + FOTO
Hal qiluvchi final uchrashuvida Rossiya va Xorvatiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Bahs taqdirini yakkalik uchrashuvlari hal qildi. Avvaliga dunyoning beshinchi raketkasi Andrey Rublyov ATP reytingining 279-pog'onasidan joy olgan Borna Godjoni 6/4, 7/6(5) hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi yakkalik uchrashuvida sayyoramizning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev 30-raketka Marin CHilichdan ustun keldi - 7/6(7), 6/2. Ushbu natijadan keyin juftliklar uchrashuvining o'tkazilishiga hojat qolmadi.
SHu tariqa, Rossiya terma jamoasi uchinchi bor (2002, 2006, 2021) "Devis Kubogi" sohibiga aylandi. Rossiyaliklar uch bor (1994, 1995, 2007) finalda o'ynashgan edi. Bu yilgi turnir davomida Medvedev yakkalikdagi barcha 5 ta uchrshuvda g'alaba qozondi. Andrey Rublyov 4 ta yakkalik va 2 ta juftlik bahsida zafar quchdi.
Fikrlar