03 avg 13:57
Yangiliklar
Futbol
Di Mariya tahdidlar tufayli vataniga qaytmaydi
Anxel Di Mariya oilasiga tahdidlar tufayli Rosarioga qaytmasligini aytdi.
Avvalroq Argentina milliy jamoasi sobiq vingeri o'z shahrida sodir bo'layotgan giyohvand moddalar savdosi va boshqa voqealar haqida gapirib o'tgandi. SHundan so'ng Di Mariyaning oilasiga o'lim bilan tahdid qilishdi.
«Opamga tahdidlar bor edi – ular peshonasida o'q bo'lgan cho'chqa kallasi solingan qutini yuborishgan. Unda «Rosario Central» klubiga qaytsam, keyingi safar qutida qizim Pianing boshi bo'lishi haqida yozuvlar bor edi.
SHuning uchun men Rosarioga qaytmayman. Oilam xavf ostida qolishiga hech qachon yo'l qo'ymayman. Oilamning tinchligi va baxtini himoya qilmoqchiman», — dedi Di Mariya.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar