22 mar 19:02
Yangiliklar
Futbol
Dibala faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Jovanni Aldaneze xabar bermoqda.
Oldinroq, turinliklar bosh direktori Mauricio Arrivabene argentinalik hujumchining yozda klubdan ketishini tasdiqlagandi. "Yuventus" rahbariyati 28 yoshli futbolchi bilan kelishuvni uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi.
Dibalaning Turin klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Hujumchi 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" safida A Seriya doirasida 21ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : twitter.com/GiovaAlbanese
Fikrlar