27 iyu 15:32
Yangiliklar
Futbol

Dibala tez orada "Yuventus" bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi jamoa forvardi Paulo Dibalaning yangi shartnomasi haqida gapirdi.
Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Biz har 3 kundagi o'yinlar sabab bo'layotgan qiyinchiliklarga qaramay, Paulo bilan shartnoma imzolashda muvaffaqiyatga erishmoqdamiz. Biz ushbu davrda ham tez-tez gaplashdik va muzokaralarda muvaffaqiyat qozondik", - deydi Paratichi.
26 yoshli Dibala joriy mavsum A Seriya doirasidagi 33 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar