15 sen 11:10
Yangiliklar
Futbol

Dibala "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni tasdiqladi
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala uning agenti klub rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazayotganini xabar qildi.
"Tomonlar suhbatlashishmoqda, biz barchamiz pozitiv kayfiyatdamiz va qandaydir yakunga kelishga umid qilamiz. Ushbu haftada yangi uchrashuv bo'ladi deb o'ylayman", - deydi Dibala.
Argentinalik hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Forvard joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 2 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar