16 dek 07:12
Yangiliklar
Futbol
Diego Kosta qishda "Atletiko"ni tark etmaydi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening so'zlariga ko'ra, jamoa hujumchisi Diego Kosta qishki transfer oynasida boshqa klubga o'tmaydi.
Oldinroq, Kosta Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubiga o'tishi mumkin edi.
"Diego fevral oyida "Atletiko" sharafini himoya qilishini istayman. Bunga shubha qilmayman. Diego biz bilan qoladi", - dedi Simeone.
Malumot uchun, joriy mavsumda Diego Kosta "Atletiko" safida 15ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
Havola :
Fikrlar