21 noy 20:56
Yangiliklar
Futbol
Diego Kosta safdan chiqdi
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta disk churrasidagi yallig'lanishni olib tashlash borasida jarrohlik operaciyasi o'tkazishdi.
Klub rasmiy sayti malumotiga ko'ra, ushbu operaciya muvaffaqiyatli o'tgan. Uning safga qaytishi uchun 3 oydan ko'proq vaqt ketadi. SHu orqali u ECHL guruh bosqichi doirasidagi "Yuventus" va "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Ushbu mavsumda 31 yoshli Kosta "Atletiko" tarkibida barcha turnirlarda 15 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
Havola :
Fikrlar